Qashqadaryoda III Ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi boshlandi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohida III Ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi oʻz ishini boshladi.
Bir necha yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan ushbu qurultoyda bu yil ham mamlakatimizning barcha hududlari hamda Turkiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Eron, Misr, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va shu kabi koʻplab xorijiy davlatlardan jami 1000ga yaqin yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Qurultoy kun tartibidan bir qator qiziqarli loyihalar oʻrin olgan. Jumladan, 10-avgust kuni ishtirokchilar “Hisor” davlat qoʻriqxonasining “Tanhozdaryo” boʻlimida boʻlib, hududning goʻzal tabiati, qoʻriqxonaning hayvonot va nabotot olami bilan tanishadi. Qoʻriqxonaning faoliyati, xodimlarning ish jarayonlari haqidagi turli qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻladi. Shuningdek, qurultoy dasturidan turli tanlov, taqdimot va uchrashuvlar hamda milliy va etnosport turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar dasturlar oʻrin olgan.
Qurultoy 9-avgustdan 11-avgust kuniga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring