Qashqadaryoda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin

11:54 20 Iyul 2023 Iqtisodiyot
729 0

Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrifi davomida “JAC Motors” kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan anʼanaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib bordi. Hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlar ketmoqda, deyiladi Qashqadaryo viloyat matbuot xizmati xabarida.

Davlatimiz rahbari tomonlaridan ham viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida anʼanaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirigʻi berilgan. Kompaniya Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari orasida oʻziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomobillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda.

Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qogʻozi boʻlishini taʼkidladi. Kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda. Viloyatda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish boʻyicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер