Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar toʻgʻridan toʻgʻri sotiladi

Illyustrativ foto
“Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-142-son, 15.04.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.
Tijorat banklariga qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali toʻxtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan daʼvo arizasi boʻyicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun daʼvoning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring