Qarshi shahrida qariyb 700 million soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi

12:49 30 Aprel 2025 Jamiyat
154 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.E. “G.” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini davlat roʻyxatidan oʻtkazib, faoliyatiga norasmiy rahbarlik qilib kelib, ushbu muassasa binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, noqonuniy foydalanib kelganligi fosh qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 697,4 million soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер