Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik boʻldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bir erkak boshqa fuqaroni bir necha marta pichoqlagani, soʻng esa oʻziga pichoq urgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 22-iyun kuni soat 08:30 larda Qarshi davlat universiteti hududida sodir boʻlgan. Gap shundaki, fuqaro M.E oʻziga oldindan tanish boʻlgan S.T. (Qarshi dav. universiteti talabasi) bilan universitet hududida oʻzaro janjallashib, S.T.ning turli tana sohalariga yonida boʻlgan pichoqni 8 marotaba sanchib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Shundan soʻng fuqaro M.E. oʻzining qorin boʻshligʻiga pichoq sanchib, oʻziga-oʻzi tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring