Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari hayotini xavfga qoʻyib ijtimoiy tarmoqlar uchun trend video oldi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universiteti bitiruvchi talabalari “Nexia” mashinasida turli xildagi hayot uchun xavfli harakatlar sodir etganligi aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyati Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Qarshi davlat universiteti bitiruvchi talabalari “Nexia” mashinasida ijtimoiy tarmoqlar uchun trend video olishni maqsad qilib, hayot uchun xavfli harakatlar sodir etgan. Ushbu holat viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilib, haydovchiga nisbatan tegishli chora koʻrilgan.
Mazkur holat ishtirokchilaridan biri, vaziyatni izohlar ekan, talabalar vinyetkaga tushish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan trend video olishni maqsad qilganini aytib oʻtgan.
“Vinyetkaga tushish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga trend video qilganmiz. Videotasvirlar ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib ketibdi. Ushbu harakatlarimiz notoʻgʻri ekanini xodimlar tushuntirishdi. Bunaqa harakatlarni boshqa takrorlamaymiz”, — deydi u.
Shuningdek, holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.
“Ushbu holatda qatnashgan transport vositalari aniqlanib, haydovchilarga tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring