Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transportidan 9 million 803,6 ming yoʻlovchi foydalangan. Bu haqida Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.
Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.
Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir yoʻl transportini tanlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring