Qandli diabetga chalinganlarda buyrak yetishmovchiligining rivojlanishini sekinlashtirish yoʻli topildi

11:22 14 Noyabr 2023 Dunyo
124 0

Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Prognozlarga koʻra, 2030-yilga borib, bu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha yetishi mumkin. Bu esa ushbu xastalikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab boʻlmoqda.

Olimlar fikriga koʻra, notoʻgʻri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir. Ana shu dardga chalinganlarda buyrak hujayralari shikastlanib, ularning filtrlash qobiliyati pasayadi. Bu esa oxir-oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

Shu asnoda buyraklar funksiyasini saqlab qolish uchun qatʼiy va davomli parhez hamda uzoq muddatli dori-darmonlar muolajasi talab etiladi.

Yaponiya olimlari tarkibida bardoksolon metil boʻlgan preparat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishini isbotladi.

Ushbu yangilik yaqinda AQSHning Filadelfiya shahrida boʻlib oʻtgan yirik xalqaro nefrologlar anjumanida taqdim etildi.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur klinik tadqiqotning 3-bosqichida buyrak xastaligi bor qandli diabetga chalingan 1013 nafar bemor ishtirok etdi. Ularning salomatlik koʻrsatkichlari uch yildan koʻproq vaqt davomida maxsus kuzatuv ostiga olindi.

Shu asnoda qoʻllanilgan preparat buyrak funksiyasi yomonlashuvini samarali sekinlashtirishi tasdiqlandi.

Yaʼni bardoksolon metil Keap1-Nrf2 signal yoʻlini faollashtirishi, bu esa hujayralarni kislorodning aktiv formalari bilan shikastlanishdan himoya qilishi maʼlum boʻldi. Oʻz navbatida, bu preparat yurak uchun xavfsiz ekanligi tadqiqot davomida oʻz isbotini topdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер