Qanday hollarda Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum etiladi?

Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:
— shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
— agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;
— agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa;
— agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa;
—agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa;
— agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring