Qamoqda saqlanayotgan Aleksey Navalniy Polshaning “Ozodlik ritsari” mukofoti laureati boʻldi

11:51 02 Oktyabr 2021 Dunyo
1084 0

Foto: Lenta.ru

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Polshaning Kazimir Pulavskiy jamgʻarmasi tomonidan taʼsis etilgan “Ozodlik ritsari” mukofoti laureati boʻldi. Bu haqda Meduza xabar qildi

“Ozodlik ritsari” mukofoti 2005-yildan buyon “butun dunyoda demokratiya, erkinlik va tenglik taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan” odamlarga beriladi. Ilgari, uni olgan rus millatiga mansub yagona odam Mixail Xodorkovskiy edi.

Taqdirlash marosimi 5-oktabr kuni Varshavada boʻlib oʻtadi. Iv Rocher ishi boʻyicha koloniyada boʻlgan Navalniy oʻrniga uning sheriklari Vladimir Milov va Leonid Volkov mukofotni olishadi.

Shu yil boshida Aleksey Navalniy Boris Nemsov nomidagi Jamgʻarma mukofoti (u mukofotning pul qismini siyosiy mahbuslar oilalariga sovgʻa qilgan) va Jeneva Inson huquqlari forumi mukofoti laureati boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Aleksey Navalniyning hibsga olinishiga izoh berilgandi hamda AQSh Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etishga tayyorlanayotgani aytilgandi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?