“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: FVV
“Qamchiq” dovonida DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 15-aprel kuni soat 22:41 da sodir boʻlgan. “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan oʻtgan A-373 Toshkent-Oʻsh avtomobil yoʻlining Vodiy-Toshkent yoʻnalishida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, zudlik bilan aytilgan manzilga “Qamchiq” maxsus qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borgan. Soat 22:53 da yongʻin qurshab olingan va 23:13 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Qamchiq” dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring