“Qamchiq” dovonida “Matiz” avtomobili xandaqqa tushib ketdi (+video)
“Qamchiq” dovonida “Matiz” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat bugun, 16-iyun kuni soat 08:57 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida sodir boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Murojaatga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchi va 2 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring