“Qamchiq” dovonida mashina xandaqqa tushib ketdi

21:39 21 Aprel 2025 Jamiyat
144 0

“Qamchiq” dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomobil qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Hodisa 20-aprel kuni, kunduz soat 09:45 atrofida “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan. Unda “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Cobalt” rusumli mashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan.

Haydovchi amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida dovonning maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar qilgan. Qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni chuqurdan chiqarib olishgan.

Xabarda voqea natijasida tan-jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻqligi aytildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер