“Qamchiq” dovoni hududida 19 ta qor koʻchkisi aniqlandi

14:11 12 Fevral 2026 Jamiyat
345 0

Foto: “Oʻzgidromet”

“Qamchiq” dovoni hududida 19 ta qor koʻchkisi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 12-fevral kuni taxminan soat 06:00-11:00 oraligʻida Namangan viloyati “Qamchiq” dovoni hududida, 2000 metr balandlikda yogʻgan kuchli yogʻingarchilik natijasida 6675 m3 hajmdagi 19 ta qor koʻchkisi aniqlangan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida talafot koʻrgan va jabrlanganlar yoʻq.

“Agentlik mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo oʻzgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda”, deyiladi “Oʻzgidromet” xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 12-fevral kuni soat 13:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер