Qamashida ham “Yangi Oʻzbekiston” massivi barpo etiladi
Qamashi tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishiga rasman start berildi. Ushbu loyiha Oqguzar mahallasi hududidagi 66 gektar maydonda amalga oshiriladi, uning birinchi bosqichida 7 qavatli 32 ta koʻp qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan, jami 952 xonadon foydalanishga topshiriladi.
— Bu uylar barcha zarur kommunikatsiyalar – tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va markazlashgan kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanadi, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Qurbon Haydarov. — Turarjoylar bilan bir qatorda massiv hududida maktab, bolalar bogʻchasi, klinika, madaniyat markazi, sport majmuasi, istirohat bogʻi, avtoshohbekat, yashil hududlar hamda tikuvchilik fabrikasi qurilishi belgilangan.

“Yangi Oʻzbekiston” massivida fuqarolar uchun nafaqat qulay yashash sharoiti, balki ish oʻrinlari, taʼlim, tibbiy xizmat va dam olish imkoniyatlari ham yaratilishi eʼtiborga molikdir.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring