Qalbaki valyutani oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Paxtaobod tumanida “Paynet” shoxobchasida qalbaki 500 AQSH dollarini oʻtkazgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.X. internet tarmoqlaridagi oʻyinlar uchun hisob raqamiga pul oʻtkazish maqsadida, “Soy boʻyi” MFY hududidagi “Paynet” xizmati bilan shugʻullanib kelgan tadbirkor O.Yo.ga qalbaki 500 AQSH dollari va 500 ming soʻm pullarni berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Taʼkidlanishicha, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik oʻtkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
“Oʻzaro hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali oʻzingizni noqonuniy harakatlardan asragan boʻlasiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring