Qalam uchidek hajmdagi giyohvandlik moddalar oʻlimga olib kelishi mumkin

Germaniyada har kuni olti kishi giyohvand moddalar isteʼmoli oqibatida vafot etmoqda. Bu haqida “BILD” nashri maʼlumot berdi.
Nashrning maʼlum qilishicha, Germaniya hukumatining giyohvand moddalar boʻyicha komissari Xendrik Shtrek mamlakatdagi giyohvandlik vositalari bozorida xavotirli oʻzgarishlar kuzatilayotganini taʼkidlagan.
“Biz geroindan 500 barobar kuchliroq moddalarni aniqlayapmiz. Qalam uchidek hajmdagi dozalar oʻlimga olib kelishi mumkin”, — deydi Shtrek.
Maʼlumotlarga koʻra, Germaniya 2023-yildan buyon giyohvand moddalar isteʼmoli oqibatida kuzatiladigan oʻlim holatlari boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Mamlakatda giyohvand moddalar isteʼmoli tufayli kuniga oʻrtacha olti kishi halok boʻladi.
Komissar Shtrekning taʼkidlashicha, vafot etayotganlar orasida yoshlarning soni ortib borayotgani hukumatni tashvishga solmoqda. 30 yoshgacha boʻlganlar orasida giyohvand moddalar isteʼmoli tufayli oʻlim holati 14 foizga oshgan. Giyohvand moddalar koʻproq onlayn tarzda sotilmoqda va toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmolchilarning uylarigacha yetkazib berilmoqda.
Xendrik Shtrek bozorning tez oʻzgarayotgani, agar vaqtida nazoratga olinmasa vaziyat izdan chiqib, yanada xavfliroq tus olishidan ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring