Qaysi hududda yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda? Statistika agentligi barchasini maʼlum qildi (+foto)

10:43 07 Noyabr 2024 Iqtisodiyot
262 0

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 64 ming 553 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Bu yangi subyektlar hududlar boʻyicha turlicha taqsimlandi. Eng koʻp yangi korxonalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularning umumiy soni 12 ming 920 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida ham faoliyati yangi boshlangan korxonalar soni yuqori boʻlib, jami 5 ming 791 ta korxona tashkil etilgan. Samarqand viloyatida esa 5 ming 735 ta yangi subyekt ish boshlagan. Toshkent viloyati 5 ming 534 ta yangi korxona bilan uchinchi oʻrinda turibdi.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyatida 5 ming 034 ta yangi korxona tashkil etilib, viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda. Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida mos ravishda 4 ming 250 va 4 ming 158 ta yangi korxonalar ochilgan. Bu viloyatlarda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati kengaymoqda.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati esa yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng past koʻrsatkichga ega boʻlib, bu yerda atigi 1 ming 574 ta yangi korxona ochildi. Sirdaryo viloyatidagi bu past koʻrsatkich boshqa hududlar bilan taqqoslaganda sezilarli. Shunga qaramay, bu raqamlar hududlarning iqtisodiy salohiyati va aholi soniga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Avvalroq, Oʻzbekiston Rossiya yoki Xitoyning qaysi biri bilan kattaroq savdo aylanmasiga egaligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?