Qaysi hududda aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi eng pastligi maʼlum qilindi

20:43 27 Iyul 2025 Jamiyat
251 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning qaysi hududi necha foiz ichimlik suvi bilan taʼminlangani haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Keltirilishicha, 2025-yil iyul oyi holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisining 81,5 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Xususan, hududlar kesimida Toshkent shahri 98,2 foiz koʻrsatkich bilan yetakchi, Qashqadaryo viloyati esa 61,2 foiz bilan soʻnggi oʻrinda band etmoqda. Shuningdek:

  • Andijon viloyati — 92 foiz;
  • Buxoro viloyati — 74,3 foiz;
  • Fargʻona viloyati — 82,5 foiz;
  • Jizzax viloyati — 75,3 foiz;
  • Navoiy viloyati — 85,8 foiz;
  • Namangan viloyati — 87 foiz;
  • Samarqand viloyati — 78,6 foiz;
  • Surxondaryo viloyati — 66,5 foiz;
  • Sirdaryo viloyati — 87,7 foiz;
  • Toshkent viloyati— 79,9 foiz;
  • Xorazm viloyati — 91,6 foiz;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 74,2 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?