Qaysi hokim yoki rektor boʻsh ish oʻrinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish boʻyicha ishlagan — Prezident

19:15 04 Mart 2022 Siyosat
874 0

Foto: president.uz

«Qaysi hokim yoki rektor boʻsh ish oʻrinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish boʻyicha ishlagan? Hozircha, bu savolga ijobiy javob yoʻq.

Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar — ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini taʼminlash shart», dedi Prezident yigʻilishda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.

Komissiya:

— viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;

— vakant oʻrinlarini tahlil qilib, har bir viloyat boʻyicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini koʻradi;

— bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq toʻlanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?