Qaysi bozorlarda bayram yarmarkalari tashkil etiladi?

13:29 13 Dekabr 2024 Jamiyat
337 0

Poytaxt hokimligi yarmarkalar orqali fuqarolar arzon narxlarda mahsulotlarni xarid qilishlari mumkinligini maʼlum qildi.

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda maxsus arzonlashtirilgan narxlardagi savdo yarmarkalari tashkil etilganini maʼlum qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bayram yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxati quyida keltirilgan:

Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori”;

Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori”;

Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori“;

Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori”;

Mirzo Ulugʻbek tumani — “Navroʻz dehqon bozori“;

Yunusobod tumani — “Oloy dehqon bozori”;

Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori”;

Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori”;

Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori”;

Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori”;

Bektemir tumani — “Qoʻyliq dehqon bozori”;

Olmazor tumani — “Qora qamish dehqon bozori”.

Bundan avvalroq Raqobat qoʻmitasi bayram arafasida yirik savdo tarmoqlariga muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?