Qaynoq qum va tuz bilan davolash maskani
Istam IBROHIMOV/«Xalq soʻzi». Olot tumani markazidan 24 kilometr olisda joylashgan shifobaxsh tuz koni yoz chillasida oʻz dardiga davo izlab kelayotgan kishilar bilan gavjumlashdi. Bu yerda xalq tabobati asosida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan maskan faoliyat koʻrsatmoqda.
Qadimiy koʻl oʻrnida yuzaga kelgan tuz konida oʻttizdan ziyod oʻtov tiklanib, bemorlarning shifo topib ketishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Havo harorati 40 – 45 darajaga koʻtarilgani muolaja oluvchilar uchun ayni muddao boʻlyapti.

— Qaynoq qum va tuz bilan davolash ilmiy jihatdan asoslangan metod, — deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ixtiyor Abdulxakov. — Mazkur maskan faoliyati tayanch harakat tizimidagi turli kasalliklarni davolashga qaratilgan. Har qanday yalligʻlanish jarayoni asosida suyuqlik toʻplanishi yotadi. Qaynoq qum uni organizmdan chiqib ketishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, osteoxondroz, osteoartoz, artrit kasalliklarini davolashda yordam beradi.
Albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda ushbu davolash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Negaki, yurak qon tomir kasalliklari bezovta qilgan kishilarga qumli vanna, tuzli suv va balchiqdan foydalanishda qarshi koʻrsatmalar mavjud.

Ayni paytda ushbu maskanda echki va tuya suti bilan davolash shoxobchalari tashkil etish, tabiatning bu kamyob goʻshasini sayyohlik marshrutiga kiritish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring