Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda
Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.
Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tashqari, rossiyalik fermerlar 2023-yildagi moʻl hosil ortidan narxlar pasaygani uchun kartoshka maydonlarini qisqartirishga majbur boʻlishgan.
Vaziyat ogʻirlashgani sababli, Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan qoʻngʻiroq qilib, kartoshka yetkazib berishni koʻpaytirish masalasini muhokama qildi. Biroq Lukashenko maʼlum qilishicha, Belarusdan yuboriladigan mahsulot zaxiralari allaqachon tugagan. Bu esa Belarusning oʻzida ham narxlar koʻtarilishiga olib keldi.
Minsk hukumati ichki bozordagi bosimni yumshatish uchun 2021-yildan beri amal qilib kelayotgan Yevropa Ittifoqidan sabzavot va mevalarni olib kirish taqiqini bekor qilishga majbur boʻldi.
“Biz rus birodarlarimizni yolgʻiz qoʻymasligimiz kerak. Kartoshkani qanday yetishtirishni bilamiz. Bu xayriya emas, bu foyda keltiradi”, — degan Lukashenko.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring