Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi
Foto: rianovasti.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼminlashga harakat qilmoqda.
Qayd etish kerakki, Ukrainaning Kursk viloyatiga hujum boshlashi oqibatida Rossiya ayrim hududlarini yoʻqotdi va yangicha mudofaa va hujum strategiyasini qoʻllashga kirishdi. Vaziyat keskinligicha qolishi esa armiyani kuchaytirishni talab qiladi.
Chechenistonga tashrif davomida Putin oʻz sharafiga nomlangan maxsus harbiy kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi va u yerda Ukrainada jangga tayyorgarlik koʻrayotgan koʻngilli askarlar bilan suhbatlashdi. U qoʻshinlarga Rossiyada ular kabi fidoyi askarlari bor ekan, “yengilmas” boʻlib qolishini aytgan.
Qodirov Putinga uning respublikasida Ukraina qoʻshinlariga qarshi jangga kirishga tayyor “oʻn minglab” zaxiradagi askarlari borligini maʼlum qildi. Mojaro boshlanganidan beri Qodirovning maxsus kuchlar akademiyasi 40 mingdan ortiq jangchilarni tayyorlagan.
Aytish mumkinki, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Kurskdagi jangovar salohiyatini zaiflashtirish ularning mudofaa operatsiyalarining asosiy qismi ekanligini taʼkidlagandi.
Hozircha Putinning Chechenistonga borishidagi asosiy maqsadlar maʼlum emas, shunga qaramasdan, bu mojaroni kuchaytirishi kutilmoqda.
Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring