Pulli toʻxtab turish joylariga doir talablar belgilandi

21:20 20 Yanvar 2024 Hujjatlar
424 0

Qonunga koʻra, pulli toʻxtab turish joylarining egalari ushbu joylardan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori boʻlmagan tariflar boʻyicha mustaqil ravishda belgilaydi.

Bunda toʻlov naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz, toʻlov tizimlaridan, shu jumladan avtomatlashtirilgan toʻlov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Pulli toʻxtab turish joylarining egalari ushbu joylardan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan foydalanuvchilar hamda transportlarning roʻyxatini belgilash huquqiga ega.

Ular, shuningdek:

— pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etishi;

— pulli toʻxtab turish joylari tashkil etilgan hududda yoʻl belgilari oʻrnatilishini, shuningdek videokuzatuv tizimlari yoki qoʻriqlashning boshqa texnik vositalari oʻrnatilishi va uzluksiz ishlashini taʼminlashi;

— toʻxtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash boʻlgan toʻxtab turish joylari orasidan nogironligi boʻlgan shaxslar boshqaradigan yoki ularni tashiydigan transportlar uchun joylar ajratilishini taʼminlashi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер