“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ–873-son, 30.10.2023-y.) bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra:
— viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring