Prokuratura tergovchisi olgan porasini qaytarayotganida ushlandi
Foto: DXX
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizligi xizmati.
Maʻlum qilinishicha, Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilib, oʻzining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.
Natijada, katta tergovchi joriy yilning 16-28-may kunlari oraligʻida 1000 dollar va 10 million soʻm pul, qiymati 1000 dollarga teng boʻlgan 1 dona seyf va 1 million 300 ming soʻmlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Ammo fuqaro oʻziga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablagʻlari va ashyolarni qaytarib berishini talab qilgan.
Shundan soʻng, tergovchi 1000 dollar pul, qiymati 1000 dollarga teng boʻlgan 1 dona seyf va 1 million 300 ming soʻmlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring