Prokuratura koʻmagi bilan 7 loyiha yakuniga yetdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Qiziltepa tumanida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” tashkil etish uchun M-37 Samarqand – Buxoro xalqaro avtoyoʻli boʻyidan besh gektar maydon ajratilgan. Ushbu sanoat va tadbirkorlik zonasida jami qiymati 51,2 milliard soʻmlik 43 ta loyiha amalga oshiriladi.
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ochiq maydonda amalga oshirilayotganligi bois tadbirkorlar infratizim va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi.
— Viloyatimizdagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” tashkil etilishida tadbirkorlarga koʻmaklashish va yaqindan yordam berish maqsadida viloyat prokuraturasi tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, har bir loyiha boʻyicha yuzaga kelgan muammolar atroflicha oʻrganildi, — deydi viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Farhod Mamalatipov. — Oʻrganishlar jarayonida 200ga yaqin tadbirkorga kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishida texnik shartlar hamda 11 nafar tadbirkorga kredit mablagʻlari olishlarida amaliy yordam koʻrsatildi.
Bevosita Qiziltepa “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”ga toʻxtaladigan boʻlsak, viloyat prokuraturasi hamda mutasaddi korxonalar hamkorligida ushbu hududga 1,6 kilometrlik elektr energiyasi tarmogʻi hamda 1,2 kilometrlik yoʻl tortilishi taʼminlanib, 8 nafar tadbirkorning kredit olishdagi muammolari bartaraf etildi. Natijada, 7ta loyihada qurilish ishlari toʻliq yakunlandi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Qiziltepa “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”dagi loyihalarning 34 tasi sanoat yoʻnalishi, 9 tasi xizmat koʻrsatish sohasida boʻlib, ular negizida 300 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring