Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

19:34 07 Iyun 2024 Siyosat
802 0

“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bagʻishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga koʻtarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024–2027-yillarga moʻljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yoʻlida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy koʻrsatib berish belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar tuzildi:

- Kinematografiyani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy komissiya (Milliy komissiya);

- Filmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirishga koʻmaklashuvchi milliy kengash (Milliy kengash).

“Tirik tarix” dasturi doirasida:

- filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash boʻyicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;

- kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?