Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

19:51 15 Aprel 2025 Siyosat
212 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi «Yangi Oʻzbekiston« bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.

“Ishonchim komil”, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulugʻ zotki, uning sharafiga nafaqat koʻcha va maydonlar, bogʻu rogʻlar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi.

Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot, isteʼdod homiysi boʻlgan buyuk shaxsdir.

Uning yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat oʻrnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yoʻlda koʻrsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.

Hech shubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi boʻlgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uchun ham uning sharafiga mana shunday goʻzal shaharchani bunyod etsak arziydi”, degan Prezident.

Ushbu tashabbus yurtdoshlarimiz tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlangan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?