Prezident topshirigʻiga binoan 310 ta sport maktablari milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi
![](https://xs.uz/upload/post/2025/02/13/03db0b4909665a021fdb770a18f5535b0213.jpg)
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun joylardagi 310 ta sport maktablari milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi.
Barcha viloyatlardagi sport boshqarmalari boshliqlari hamda barcha sport maktablari direktorlarining faoliyatini tubdan kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Sport boshqarmalari boshliqlariga shaxsiy masʼuliyatini oshirishga qaratilgan uch oylik sinov tayinlandi.
Mutasaddilarga har bir maktab boʻyicha aniq maqsadlarni belgilab, uch yillik dastur qilish topshirildi.
Jismoniy tarbiya universiteti, Nukus, Fargʻona, Samarqand kabi sport fakulteti boʻlgan oliygohlar professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, bitiruvchi kurs va magistratura talabalarining olti oyga sport maktablariga biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Ular diplom ishi va dissertatsiyalarini bevosita joylardagi muammolardan kelib chiqib yozishi va ularga amaliy yechim berishi muhimligi taʼkidlandi.
Oliygoh rektorlari yangi metodika va yondashuvlarni bevosita shu yerda joriy qilib, sport maktablarini dual taʼlimning ilmiy-amaliy bazasiga aylantiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring