Prezident tejamkor issiqxonalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Choʻl hududida joylashgan tumanda bunday issiqxona boʻlishi judayam muhim. Chunki sifatli sabzavotlarga ehtiyoj bor, suv esa tanqis.
Tadirkor Qobiljon Gʻulomov kam imkoniyatdan foydalanish yoʻlini topdi. 2016 yili “Muborak issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar yer olib issiqxona barpo etdi. Yomgʻir toʻplanadigan 800-1000 tonnalik hovuzlar qurdi. Issiqxonadagi sabzavotlar tomchilatib sugʻoriladi.
Yana bir samarali tomoni, issiqxona “Muborak issiqlik elektr markazi”da hosil boʻladigan issiq suv orqali qizdiriladi. Elektr markazi uchun sovuq suv kerak. Shu bois issiqxonada bu suv aylantirilib, sovugach quvurlar orqali issiqlik korxonasiga qaytariladi. Bundan ikkala tomon ham yutadi.
Bunday tejamkorlik evaziga natija kutilganidan ham yaxshi boʻldi. Tadbirkor yana 7 gektar yerda issiqxona qurdi. U issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor, bodring kabi mahsulotlarning asosiy qismini eksport qilib, katta foyda olishni chamalayapti.
Ayni paytda issiqxonada qariyb yuz kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida issiqxonani yanada kengaytirib, ish oʻrinlarini koʻpaytirish rejalashtirilgan.
Umuman, tuman boʻyicha 60 tadbirkorga shu kabi issiqxona qurish uchun 300 gektar yer ajratilgan.
Prezidentimiz zamonaviy issiqxonani koʻzdan kechirib, ishchilar bilan muloqot qildi.
Aholi farovonligini oshirish, doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari ochishda muhim oʻrin tutadigan bunday issiqxonalar tarmogʻini yanada kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2019-2020 yillarda issiqxonalar tashkil etish, Chiroqchi tumanida lalmi maydonlarda poliz ekinlarini koʻpaytirish, aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring