“Prezident sovgʻasi” — surxondaryolik bolalarga yangi yil quvonchi
Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida eʼtibor qaratish, bolajonlar qalbiga quvonch ulashish ezgu anʼanaga aylangan. Ana shu anʼanaga muvofiq, har yili yurtimiz boʻylab “Prezident sovgʻasi” tarqatilib, minglab bolalarning yuziga tabassum ulashmoqda.

Bu yil ham Yangi yil munosabati bilan tayyorlangan bayram sovgʻalari Surxondaryo viloyatiga yetib keldi. Ushbu qutlugʻ tuhfalar “Prezident archasi” bayram tadbirlari doirasida tantanali ravishda topshirilishi rejalashtirilgan.

“Prezident sovgʻasi” avvalo mehrga, eʼtiborga muhtoj bolalarga — muruvvat va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, chin yetimlarga, shuningdek, yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga moʻljallangan.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda Surxondaryo viloyati boʻyicha jami 894 nafar bolajonga “Prezident sovgʻasi” yetkaziladi. Sovgʻalar tarkibidan 24 turdagi oʻquv qurollari hamda 34 xil mazali shirinliklar oʻrin olgan. Bu esa bolalar uchun nafaqat bayramona quvonch, balki ularning taʼlim olishi va rivoji uchun ham muhim qoʻllab-quvvatlashdir.

Shubhasiz, bunday ezgu tashabbuslar bolalar qalbida Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuygʻularini mustahkamlab, Yangi yil bayramini yanada unutilmas onlarga boy etadi. “Prezident sovgʻasi” esa mehr-oqibat va gʻamxoʻrlikning yorqin timsoli sifatida bolajonlar xotirasida uzoq saqlanib qoladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring