Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida boʻldi

Bu yerda 3 ming 700 nafardan ortiq aholi yashaydi. Mahalla obod qilingan, yoʻl chetlari va boʻsh maydonlarga «Yashil makon» dasturi doirasida koʻchatlar ekilgan.
Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 668 ta xonadonning barchasida tomorqa bor. Shuningdek, aholiga dehqonchilik qilish uchun 126 gektar yer ajratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5-martdagi qaroriga asosan, tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solish, bozorbop mahsulotlar yetishtirish choralari koʻrilmoqda.
Davlatimiz rahbariga shu boradagi ishlarni koʻzdan kechirdi.
Jumladan, mahallada rezavor mevalar yetishtirish boʻyicha oʻquv maydoni tashkil etilgan. Bu yerda maymunjon, xoʻjagʻat, golubika koʻchatlari oʻstirilib, tomorqalarda ekiladi. Hosilga kirgach, eksportchilar tomonidan sotib olinadi.
Prezidentimiz tomorqa egalariga bu mevalarni sifatli yetishtirish ilmini oʻrgatish muhimligini taʼkidladi. Bu loyihani kengaytirish, aholining xarid qobiliyatini oshirish uchun tomorqa egalari bilan banklar oʻrtasida hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring