Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.
“Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik“ mavzusida oʻtkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari oʻrin olgan.
Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring