Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko'rdi — Fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
Bu ulkan majmua kelgusi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda.

Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’amizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo‘ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o‘rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad ko‘tarib qolgan.

Davlatimiz rahbari ushbu inshootlarda bo‘lib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar ochilish marosimi va musobaqalar paytida bo‘lajak sharoitlar yuzasidan axborot berdi.
Shavkat Mirziyoyev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirish, sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanish lozimligini ta’kidladi.

Olimpiya shaharchasida, shuningdek, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi.
Prezidentimiz majmua bunyodkori - Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi.

Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan samarali foydalaniladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerda joylashadi. Professional sportchilarni tayyorlash va mahoratini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Hududiy sport tashkilotlarining shaharcha infratuzilmasidan foydalanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu yerda “aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Umuman, shaharcha sport va sog‘lomlashtirish markazi sifatida uzoq yillar xalqimizga xizmat qiladi.


























Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring