Prezident Rossiyadagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha topshiriq berdi

03:56 03 Sentyabr 2024 Siyosat
332 0

Foto: Telegram

Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok boʻlganlarning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.

Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Shuningdek, yana uch nafar oʻzbekistonlik turli tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada halok boʻlganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam koʻrsatmoqda.

“Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlar tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimining Call-markazi: +7 499 238 36 20; +7 499 230 00 76, hamda, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: +7 843 526 55 63 ʻga murojaat qilish soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер