Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
«Keng koʻlamli islohotlarimizning ilk kunlaridan boshlab men bir fikrni doim taʼkidlab kelaman: tadbirkorlikni rivojlantirish – biz uchun strategik vazifa. Bizning tayanchimiz ham, suyanchimiz ham, eng katta kuchimiz ham shu sohada mujassam.
Shu bois tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash markazdan tortib eng quyi boʻgʻingacha – barcha rahbarlarning kundalik ishi boʻlishi shart», dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Ayniqsa, joylarda hokimlar har bir tadbirkor bilan koʻproq muloqot qilib, korxonalarga borib, ularni dardi bilan yashashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat va tadbirkorlar oʻrtasida koʻprik boʻlib, aniq takliflarni oʻrtaga qoʻyib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Natijada joriy yilning oʻzida tadbirkorlar faoliyati uchun gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.
Prezidentimiz kengash aʼzolariga, ular orqali butun ishbilarmonlar hamjamiyatiga ana shunday faollik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring