Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Toʻrt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambagʻallik chegarasiga yetmas edi.
Shu davrda aholimiz 3,7 millionga koʻpaydi, kambagʻallik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirildi.
Bunga qaramasdan, 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023-yil yakuni bilan kambagʻallikni 11 foizga pasaytirishga erishildi.
Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), oʻtgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion soʻm ajratildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar koʻpaytirildi.
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion soʻm arzon kredit, 7 trillion soʻm subsidiya berilgani taʼkidlandi.
Mahallalarni obod qilish, bogʻcha, maktab, tibbiyot, yoʻl, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion soʻm ajratildi.
Shuningdek, 260 ming gektar yer 800 ming aholi, avvalo yoshlarga dehqonchilik qilish uchun daromad keltiruvchi aktiv sifatida tarqatildi.
Yaqinda mamlakatimizda boʻlgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori bu nafaqat ish oʻrni va daromad, balki oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda juda toʻgʻri yoʻl ekanini eʼtirof etdi.
Oʻtgan oyda Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha xalqaro konferensiyaga kelgan 60 dan ortiq mamlakat ekspertlari Oʻzbekiston qisqa muddatda yaratgan tajribani yuqori baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring