Prezident Qoʻchqorov, Ishmetov, Nurmuratovga moliya sohasiga oid topshiriq berdi
Prezidentimiz raisligida hududlarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Qoʻchqorov, Ishmetov, Nurmuratovga va tijorat banklari rahbarlariga bir oy muddatda zamonaviy bank, moliya, konsalting xizmatlari, jumladan, «bank eko tizimi», baholash, audit, sugʻurtaning yangi xizmat turlarini joriy etish boʻyicha dastur qabul qilish va nazoratga olish topshirigʻi berildi.
Xizmat koʻrsatishda eng muhim masala bu manzilni toʻgʻri tanlashdir. Shu bois yigʻilishda tuman va shahar sektor rahbarlari har bir mahallada zamonaviy va yengil konstruksiyali “xizmatlar markazi”ni tashkil etishi zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, 28 ta shahar va aholisi 150 mingdan koʻp 110 ta tuman markazida aholini oʻziga “jalb qiladigan” savdo va xizmatlar uchun maxsus koʻchalar tashkil etish orqali kamida 100 mingta tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish imkoni mavjudligi aytib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring