Prezident qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlariga oʻzining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot oʻtkazmoqda.
Soʻzining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-neʼmat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bogʻbon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga oʻzining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”, dedi davlatimiz rahbari.
Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil boʻlgani taʼkidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xoʻjaligida katta marralarga erishildi.
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilgʻor agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada oʻrtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi.
Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan oʻrtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan oʻtib, paxtachilikda oʻzining tajriba maktabini yaratdi.
Gʻallakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, oʻrtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor.
Sholikorlarimizning mehnati ham alohida eʼtirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, oʻrtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi.
Suv masalasi dolzarb boʻlgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining oʻzida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini koʻchat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring