Prezident qarori bilan yana bir sohada monopoliya bekor qilinadi
Energetika vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibini (nizom) ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Bu haqda «Gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida qayd etilgan.
Unga koʻra, ishlab chiqilgan tartib asosida tabiiy gaz taqsimoti tizimi 2024-2025-yillarda xususiy sektorga oʻtkaziladigan pilot hududlarni aniqlaydi. Ushbu hududlardagi tizimni xususiy sektorga oʻtkazish yuzasidan salohiyatli kompaniyalar bilan oʻtkaziladigan muzokaralar natijasi boʻyicha aniq shartlar asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga oʻtkazadi.
Shuningdek, qarorda 5 ta tumanda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorlarga berish boʻyicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi va Hukumatga kiritadi. Gaz taʼminoti tizimida xususiy operatorga topshiriladigan ayrim tumanlar taʼminoti boʻlimlari pilot loyihasi sifatida tanlab olingan.
Jumladan, tabiiy gaz yoʻnalishida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi «Xoʻjaylitumangaz», Andijon viloyatidagi «Oltinkoʻltumangaz», Buxoro viloyatidagi «Buxorotumangaz», Jizzax viloyatidagi «Gʻallaoroltumangaz», Qashqadaryo viloyatidagi «Qarshitumangaz», Navoiy viloyatidagi «Qiziltepatumangaz», Namangan viloyatidagi «Yangiqoʻrgʻontumangaz», Samarqand viloyatidagi «Samarqandtumangaz», Surxondaryo viloyatidagi «Denovtumangaz», Sirdaryo viloyatidagi «Xovostumangaz», Toshkent viloyatidagi «Yangiyultumangaz», Fargʻona viloyatidagi «Uchkoʻpriktumangaz», Xorazm viloyatidagi «Urganchtumangaz», Toshkent shahridagi «Bektemirtumangaz» gaz taʼminoti boʻlimlari xususiy sektorga topshiriladi.
Suyultirilgan gaz yoʻnalishida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi «Toʻrtkoʻltumangaz», Andijon viloyatidagi «Andijontumangaz», Fargʻona viloyatidagi «Beshariqtumangaz», Samarqand viloyatidagi «Urguttumangaz» va Qashqadaryo viloyatidagi «Chiroqchitumangaz» gaz taʼminoti boʻlimlari tanlab olingan.
Shu bilan birga 2024-yil 1-noyabrga qadar respublikada suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojning ortib borayotganligini inobatga olib, isteʼmolchilarni maqbul narxlarda suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan respublikaga suyultirilgan gazni import orqali olib kirish hamda isteʼmolchilarga bozor narxlarida realizatsiya qilish imkonini yaratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring