Prezident qarori bilan Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-261-son, 17.07.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.
Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari sifatida muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash koʻzda tutilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan amalga oshiradi. Shuningdek, universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi universitet tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.
Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekistonda ham tan olinadi.
Qayd etilishicha, universitetda qoʻshma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda oʻqish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Qayd qilinishicha, qarorni imzolashda prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSH) hamda “Cintana Education” (AQSH) kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil sentyabr oyida imzolangan ahdlashuv memorandumi asos qilib olingan.
Avvalroq, Buxoroga qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring