Prezident Parij Olimpiadasida omadi kelmagan sportchilarni ham tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvda Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini astoydil himoya qilgan, lekin ozgina omadi kelmagan sportchilarimizni ham samimiy tabrikladi.
Xususan, badiiy gimnastika boʻyicha sportchi qizlarimiz Olimpiya oʻyinlari tarixida birinchi marta guruh bellashuvlarining final bosqichiga yetib bordi.
Ular dunyoning eng kuchli 8 ta jamoasi orasidan joy egallagani ham oʻziga xos muhim natija boʻlgani qayd etildi.
Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixida birinchi marta Olimpiya maydonlarida toʻp surgan navqiron futbolchilarimiz jahondagi eng kuchli jamoalarga qarshi munosib kurash olib borgani taʼkidlandi.
“Olimpiada oʻyinlari koʻplab sportchilarimiz uchun, garchi ular sovrinli oʻrinlarga erishmagan boʻlsalar ham, oʻziga xos katta tajriba maktabi boʻldi. Va barchamiz kelgusida ulardan yuksak natijalar kutishga haqlimiz”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring