Prezident mutasaddilarga sunʼiy intellekt asosida aholining savollariga sodda javob beradigan onlayn platformani ishga tushirish topshirigʻini berdi

11:46 05 Mart 2025 Siyosat
139 0

Har bir vazir va hokimga bu yil barcha xizmatlar boʻyicha davlat idoralari va aholi oʻrtasidagi munosabatlarni tuman kesimida baholaydigan tizim yaratish topshirildi.

Koʻrsatilgan servis sifatiga aholini oʻzi baho beradi, eng yomon deb topilgan idora rahbarlari boʻyicha xulosa qilinadi.

Shuningdek, fuqarolar suv, gaz, elektrga ulanish, subsidiya, pensiya va moddiy yordam olish kabi masalalarda idorama-idora yurmasdan, onlayn javob oladigan tizim boʻlishi kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga sunʼiy intellekt asosida aholining savollariga qoʻl telefoni orqali sodda javob beradigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.

Shu bilan birga, sohalarni nazorat qilib, tartibga solishga masʼul 14 ta inspeksiya bor, ular juda katta vakolat va kuchga ega. Ushbu idoralar xodimlari ham korrupsiyaga qoʻl urayotgani tashvishli ekani taʼkidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga tizimidagi korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho berib, ikki haftada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha har biriga aniq vazifa qoʻyish topshirildi. Har oyda bittadan inspeksiya faoliyati tanqidiy koʻrib chiqiladi va ulardan qattiq soʻrov qilib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер