Sobiq vazir Abdulla Qo'ldoshev va uning o'rinbosarlari nega ishdan olingani ma'lum qilindi

Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qogʻozbozlikni kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolari hokim va oʻnga yaqin idoralar oʻrtasida sarson boʻlib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “oʻchogʻi”ga aylangan edi.
Yerni hokim qarori bilan ajratishdan toʻliq voz kechilib, auksion tizimiga oʻtilgani natijasida bu tizim xalqchil boʻldi.
Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yoʻnalishda ham ijobiy oʻzgarishlar sezilmoqda.
Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obyektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. Oʻtgan yili 13,5 mingta obyekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga oʻtgan 4-yilda 3,6 trillion soʻm byudjet mablagʻi tejaldi.
Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha byurokratiya va qonun buzilish koʻpayib ketgani uchun oʻtgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning oʻrinbosarlari ishdan olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring