Prezident xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Butunjahon suzish federatsiyasi rahbari, Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn al-Musallam va Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni qabul qildi.
Sport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda professional va ommaviy sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ushbu xalqaro sport tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Butunjahon suzish federatsiyasi bilan sheriklikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda suv sporti turlari uchun zamonaviy va hammabop infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda yirik xalqaro musobaqalar, Osiyo Olimpiya kengashi Assambleyasi yig‘ilishi va Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining yirik tadbirlarini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring