Prezident faol yoshlar bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan muloqot qildi.
Unda turli hududlardagi oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oʻquv markazlari, korxona va fermer xoʻjaliklari vakillari, yosh olim va sportchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari koʻrib chiqildi.
“Bugungi kunda Vatanimiz oʻz taraqqiyotining yangi bir tarixiy bosqichiga qadam qoʻymoqda. Bu davrda oldimizda ilgari duch kelmagan murakkab vazifalar, gʻov va toʻsiqlar paydo boʻlishi tabiiy, albatta. Lekin qanchalik qiyin boʻlmasin, biz oldimizga qoʻygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz.
Chunki bizning olis va yaqin tarixda ne-ne sinovlardan oʻtgan, donishmand xalqimiz bor, bugun barcha soha va tarmoqlarda maydonga dadil chiqayotgan gʻayrat-shijoatli yoshlarimiz bor.
Sizlar bilan maslahat va muloqotni oʻz faoliyatimizda asosiy mezonlardan biri, deb bilamiz.
Sizlar ham bunday yuksak ishonchga munosib boʻlib, jonajon Vatanimizni har tomonlama rivojlangan, goʻzal va farovon mamlakatga, Uchinchi Renessans diyoriga aylantirishda oldingi saflarda boʻlasiz, deb ishonaman”, dedi Prezident soʻzining yakunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring