Prezident elchixonalarni eksportni oshirishda koʻmaklashishga chaqirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz xorijdagi elchixona va bosh konsulxonalarni eksportni koʻpaytirishga faolroq koʻmaklashishga chaqirdi. Bu haqda davlat rahbari videoselektor yigʻilishida toʻxtalib oʻtdi.
Masalan, bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Xitoyga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha, Qozogʻistonga kamaygan.
Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek boʻlmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi.
Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, koʻrgazmalar tashkil qilish, savdo uyi va ombor tashkil qilish, mahsulotiga sertifikat olish kabi masalalarda koʻmaklashish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring