Prezident Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mamlakatimiz va mintaqamizda cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida BMTning ushbu nufuzli tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
BMT vakili O‘zbekiston rahbarining forumdagi nutqini yuqori baholab, iqlim tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarning dolzarbligi va Markaziy Osiyoning "yashil" taraqqiyot konsepsiyasi o‘z vaqtida taqdim etilganini ta’kidladi.
O‘tgan yil avgust oyida BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qullagani, shuningdek, yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha milliy maqsadlarni ishlab chiqish boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Toshkent shahridagi "Yashil" universitet negizida Yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ilmiy tarmoqni tashkil etishga Konvensiya ekspertlari jalb qilinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring